platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ish boshladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekiston rahbarining tadbir ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. 

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ish boshladi

​“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻz ishini boshladi.

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ish boshladi

​Forumning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbir ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

​“Qariyb 85 million aholi istiqomat qilayotgan mintaqamizning bebaho boyligi bu – bilimga chanqoq, katta orzu-intilishlari bilan yashayotgan yosh avlodimizdir. Ana shu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuchga aylantirishda eng samarali yoʻl – sifatli, zamonaviy taʼlim va tarbiyadir.

​Yaqinda alohida Farmon qabul qilib, maktabgacha va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boshqaruvini yagona tizimga birlashtirdik. Shu tariqa boshlangʻich bilim va tarbiya olishdan yetuk mutaxassis va olim boʻlib shakllanish davrigacha boʻlgan maʼrifiy bosqichlarning uzviy bogʻliqligini taʼminlashni maqsad qilganmiz.

​Bizning bu sohadagi strategik maqsadimiz – Markaziy Osiyoni oʻzaro ishonch va doʻstlik diyoriga, ilm-maʼrifat, yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar birlashgan umumiy intellektual makonga aylantirishdir”.

​Anjumanda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz, Tojikiston va Turkmaniston mamlakatlarining taʼlim vazirlari, shuningdek, qator davlatlarning taʼlimga masʼul vakillari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ish boshladi
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi ish boshladi

​Forum doirasida taʼlim tizimining dolzarb masalalari, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid