platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ilon zaharidan saratonga qarshi dori yaratish mumkinmi?

Milliy biofarmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti vakili Hayotbek Abdullayev hammuallifligidagi maqolada aynan shu savolga oid ilmiy izlanishlar tahlil qilindi. 

Ilon zaharidan saratonga qarshi dori yaratish mumkinmi?

Ilon zaharidan saratonga qarshi dori yaratish mumkinmi? Milliy biofarmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti vakili Hayotbek Abdullayev hammuallifligidagi maqolada aynan shu savolga oid ilmiy izlanishlar tahlil qilindi. Maqola xalqaro Saudi Pharmaceutical Journal jurnalida chop etildi.

​Ilon zahari tarkibidagi ayrim oqsil va peptidlar saraton hujayralarining koʻpayishi hamda organizmda tarqalishini cheklash xususiyatiga ega boʻlishi mumkin. Olimlar ushbu moddalar asosida yangi dori vositalarini yaratish imkoniyatlarini oʻrganmoqda.

​Asosiy masala — bu moddalarni oʻsma hujayralariga yetkazib, sogʻlom toʻqimalarga zararini kamaytirish. Maqolada shu maqsadda nanozarrachalar va liposomalardan foydalanish, shuningdek, peptidlarning tuzilishini takomillashtirishga oid yondashuvlar yoritilgan.

​Mualliflar ushbu yoʻnalishda qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish, davolashning xavfsizligi va samaradorligini klinik sinovlarda tasdiqlash zarurligini qayd etgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid