platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Eron TIV Oʻzbekistonning notasiga munosabat bildirdi

Eron rasmiysi Samarqand obidalari haqidagi postlarga izoh berdi. Unga koʻra, bu postlar mamlakat elchixonalarining AQShga murojaati boʻlgan.

Eron TIV Oʻzbekistonning notasiga munosabat bildirdi

Eron Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Oʻzbekiston TIV tomonidan bildirilgan norozilik notasi hamda mamlakatga tegishli diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand va Registon boʻyicha eʼlon qilgan postlariga izoh berdi.

Baqoiyning taʼkidlashicha, Eron va Oʻzbekiston uzoq tarixga ega. Mamlakatlar oʻrtasidagi rishtani bogʻlab turuvchi rishtalar bugun yoki kecha paydo boʻlib qolmagan.

“Mushtarak meros xalqlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni davom ettirish va mustahkamlash uchun zamindir. Biz Oʻzbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz. Aminmizki qoʻshni mamlakatlarning turli hududlarida va undan ham kengroq makonda mavjud boʻlgan mushtarak merosimiz xalqlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni davom ettirish va mustahkamlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi”, — degan Ismoil Baqoiy.

Eron rasmiysi mamlakatning ayrim elchixonalari tomonidan eʼlon qilingan va Oʻzbekiston tomonining eʼtiroziga sabab boʻlgan ijtiimoiy tarmoqdagi postlarga ham toʻxtalgan:

“Ayrim elchixonalarimizdagi doʻstlarimiz oʻz postlarini AQSh tomoniga murojaat sifatida eʼlon qilishgan edi”, deya qoʻshimcha qilgan u.

Avvalroq Eron elchixonalarining Samarqand boʻyicha siyosiy postlari tarmoqlardan oʻchirilgandi. Ushbu postlar sabab joriy yilning 23 oktabr kuni Eronning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid