platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Uchtepada yongʻinda halok boʻlgan ayol qasddan oʻldirilgani maʼlum boʻldi

Hodisa joyida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta yongʻin oʻchogʻi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 24 oktabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Uchtepada yongʻinda halok boʻlgan ayol qasddan oʻldirilgani maʼlum boʻldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida xonadon yongʻinida halok boʻlgan ayol yashagan uyga qasddan oʻt qoʻyilgani aniqlandi.

Hodisa joyida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta yongʻin oʻchogʻi aniqlangan. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 oktabr kuni soat 02:00 larda tumandagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin joyida 2000 yilda tugʻilgan ayolning jasadi topilgan. Shuningdek, uning yelkasidan son qismigacha boʻlgan joylarida termik jarohatlar aniqlangan.

Hodisa joyini koʻzdan kechirish davomida oshxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uchta yongʻin oʻchogʻi borligi aniqlangan. Shuningdek, xonadonga qasddan oʻt qoʻyilgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi alomatlar ham qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 oktabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinishi va qoʻshimcha maʼlumot berilishi bildirilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid