platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

​Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga oʻtiladi

Har bir hududda tibbiy xizmatlar bozori va moliyalashtirish mexanizmlari tadbirkor uchun foydali shartlarda eʼlon qilib boriladi. Prezident kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasini qoʻydi. 

​Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga oʻtiladi

Aholi soni ortib, yangi shahar va massivlar qurilayotgani tibbiyot infratuzilmasini puxta rejalashtirishni talab etmoqda. Bu ish qilinmasa, bir joyda shifoxona yetishmaydi, boshqa joyda mavjud quvvat toʻliq ishlatilmaydi.

​– Shu bois, endi yangi muassasalar aholi soni va hududlar joylashuvidan kelib chiqib, master-reja asosida tashkil etiladi,– dedi Prezidentimiz.

​Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga oʻtiladi. Yangi autsorsing mexanizmlari joriy qilinadi.

​Tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni oʻrnatish uchun davlat shifoxonalaridan joy ajratilib, koʻrsatilgan xizmatlarga sugʻurta tizimi orqali haq toʻlanadi. Gemodializ, laboratoriya, sterilizatsiya, reabilitatsiya va fizioterapiya xizmatlari ham tadbirkorlardan xarid qilinadi. Har bir hududda tibbiy xizmatlar bozori va moliyalashtirish mexanizmlari tadbirkor uchun foydali shartlarda eʼlon qilib boriladi.

​Prezidentimiz kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasini qoʻydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

​Dunyo tibbiyotida genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz boʻlgan koʻplab kasalliklarga yechim topilayotganini qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi masʼuliyatni ham oshiradi.

​– Inson hayoti va salomatligi bilan bogʻliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi oʻrinda turishi shart,– dedi davlatimiz rahbari.

​Shu bois, bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos yaratiladi.

​Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar boʻyicha mutaxassislar oʻqitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid