Shahrisabzda "VAZ-2105" daraxtga urilib, 20 yoshli haydovchi qurbon boʻldi
Hodisa sabab Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Shahrisabzda "VAZ-2105" daraxtga urilib, 20 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 26 oktabr kuni soat 23:30 larda Shahrisabz tumani Katta Novqat MFY hududidan oʻtgan mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻlida sodir boʻldi. 2006 yilda tugʻilgan haydovchi M.X. "VAZ-2105" rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga urilib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
YTH natijasida "VAZ-2105" transport vositasi haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.





