platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 7,3 mln soʻmni tashkil etdi

Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oshgan.

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 7,3 mln soʻmni tashkil etdi

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 7,3 mln soʻmni, mediana ish haqi 4,2 mln soʻmni tashkil etdi.

Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 274,1 ming soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oshgan.

Hududlar kesimida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi:

Toshkent shahri — 12 300,8 ming soʻm;
Navoiy viloyati — 8 820,5 ming soʻm;
Toshkent viloyati — 6 889,9 ming soʻm;
Buxoro viloyati — 5 840,9 ming soʻm;
Andijon viloyati — 5 765,4 ming soʻm;
Sirdaryo viloyati — 5 736,0 ming soʻm;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 5 676,8 ming soʻm;
Xorazm viloyati — 5 623,2 ming soʻm;
Jizzax viloyati — 5 506,4 ming soʻm;
Namangan viloyati — 5 395,9 ming soʻm;
Fargʻona viloyati — 5 383,3 ming soʻm;
Samarqand viloyati — 5 373,4 ming soʻm;
Surxondaryo viloyati — 4 988,9 ming soʻm;
Qashqadaryo viloyati — 4 969,7 ming soʻm.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha:

bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 19 712,6 ming soʻm;
axborot va aloqa — 17 006,9 ming soʻm;
tashish va saqlash — 11 269,2 ming soʻm;
sanoat — 8 365,9 ming soʻm;
savdo — 7 694,4 ming soʻm;
qurilish — 7 138,1 ming soʻm;
sanʼat, koʻngil ochish va dam olish — 5 732,8 ming soʻm;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar — 5 359,2 ming soʻm;
taʼlim — 5 015,2 ming soʻm;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 4 454,2 ming soʻm.

Shuningdek, eksperimental hisob-kitoblarga koʻra, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida respublika boʻyicha mediana ish haqi 4 166,3 ming soʻmni tashkil etgan.

Iyul oyida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 7 million soʻmdan oshgandi. Eng yuqori nominal ish haqi miqdori Toshkent shahrida (12 mln soʻmdan ziyod), eng kami esa Qashqadaryo viloyatida (4,86 mln soʻm) kuzatilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid