Oʻzbekistonda muammoli kreditlar 25 trln soʻmdan oshdi – Markaziy bank
Ularning jami kredit portfelidagi ulushi esa 3 foizdan 3,8 foizga koʻtarildi. Sentabr oyining oʻzidayoq muammoli kreditlar 1 trln soʻmga koʻpaygan.

Oʻzbekistonda muammoli kreditlar 25 trln soʻmdan oshdi.
Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida aytiladi. 2026 yil 1 oktabr holatiga tijorat banklarining jami kredit portfeli 659 trln soʻmni tashkil etdi.
Muammoli kreditlar (NPL) hajmi yil boshidan buyon 18,1 trln soʻmdan 25 trln soʻmga yetdi. Ularning jami kredit portfelidagi ulushi esa 3%dan 3,8%ga koʻtarildi.
Sentabr oyining oʻzida muammoli kreditlar 1 trln soʻmga koʻpaydi.

Muammoli kreditlari eng koʻp oshgan banklar:
Mikrokreditbank — 601 mlrd soʻm;
Orient Finans Bank — 312 mlrd soʻm;
mybank — 196 mlrd soʻm.
Muammoli kreditlari eng koʻp kamaygan banklar:
Asakabank — 97 mlrd soʻm;
Oʻzmilliybank — 65 mlrd soʻm;
Ziraat Bank — 65 mlrd soʻm.
Yil boshidan beri muammoli kreditlar hajmi 38,7%ga oshgan. Bu bank tizimidagi kreditlar sifatiga eʼtiborni kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.





