platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik qoʻshimcha ustamasi oshiriladi

Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 million soʻm bir martalik ragʻbat puli ham beriladi.

Olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik qoʻshimcha ustamasi oshiriladi

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida soʻz yuritib, maʼrifatparvar alloma Abdurauf Fitratning «Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sogʻligʻiga xizmat qilgan soha – ulugʻroqdir» degan soʻzlarini esladi.

​Tizimda kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 milliard soʻm ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga koʻchib oʻtadi.

​Bu imkoniyat yosh kadrlar uchun ham joriy qilinadi: har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

​Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qoʻshimcha ustamasi 2 million soʻmdan 4,5 million soʻmga oshiriladi. Bunday hududga ishga kirgan shifokorga 50 million soʻm bir martalik ragʻbat puli ham beriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid