platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bitiruvchilar oxirgi oʻquv yilida toʻliq tibbiyot muassasasida amaliyot oʻtaydi

​Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot ogʻasiga 1,5 million soʻm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million soʻm qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Oilaviy shifokorlik boʻyicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million soʻm boʻladi.

Bitiruvchilar oxirgi oʻquv yilida toʻliq tibbiyot muassasasida amaliyot oʻtaydi

– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng soʻnggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija boʻlmaydi,– dedi Prezident.

​Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.

​– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo boʻlgʻusi shifokorning bunga haqqi yoʻq. Chunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,– dedi davlatimiz rahbari.

​Shu bois, kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bogʻlanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uch kun bemor bilan ishlashni oʻrganadi, bitiruvchilar esa oxirgi oʻquv yilida toʻliq tibbiyot muassasasida amaliyot oʻtaydi.

​Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot ogʻasiga 1,5 million soʻm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million soʻm qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Oilaviy shifokorlik boʻyicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million soʻm boʻladi.

​Prezidentimiz 2027 yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi boʻyicha oʻqish – ordinatura (rezidentura) bepul boʻlishini maʼlum qildi. Talabalarga 3 million soʻm stipendiya toʻlanadi.

​Yoʻnalishga qarab rezidentura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik boʻyicha oʻqish ikki yil, jarrohlik boʻyicha esa besh yil boʻladi.

​Oliygohlarga klinikalar bogʻlanib, «universitet klinikasi» tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida boʻlishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

​Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga eʼtibor qaratiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid