platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Adashib qolishgan": Toshkentda xonadon eshigini taqillatgan nomaʼlum shaxslar boʻyicha maʼlumot berildi

Uch nafar fuqaro tanishining uyiga futbol koʻrish maqsadida borib, xonadonni adashtirib qoʻyishgan va begona uyni taqillatishgan.  

"Adashib qolishgan": Toshkentda xonadon eshigini taqillatgan nomaʼlum shaxslar boʻyicha maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxslar oʻzga xonadonlarning eshiklarini sababsiz taqillatib, fuqarolarning tinchligini buzgani haqida xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.

Joriy yilning 26 oktabr kuni taxminan soat 00:30 larda Yunusobod tumanidagi 10-mavzeda joylashgan koʻp qavatli uylardan birida 2008 yilda tugʻilgan uch nafar fuqaro shu uyda yashovchi tanishi — 2008 yilda tugʻilgan A.J.ni izlab, boshqa yoʻlakda joylashgan xonadon eshigining qoʻngʻirogʻini bir necha marta bosgan va ushbu xonadonda yashovchi fuqaroning tinchligini buzgan.

Shundan soʻng ular manzilni adashtirganliklarini anglab, hodisa joyidan ketishgan. Shuningdek, mazkur fuqarolarda hech qanday oʻtkir tigʻli jismlar aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid