platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

5 yilda 30 nafar talaba “El-yurt umidi” stipendiantlik maqomidan mahrum qilindi

Bunga talabalarning baʼzilari Oʻzbekistonga qaytib kelmaganligi, oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlari surunkasiga tushib ketganligi sabab boʻlgan. 

5 yilda 30 nafar talaba “El-yurt umidi” stipendiantlik maqomidan mahrum qilindi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan besh yil ichida 30 nafar talaba stipendiantlik maqomidan mahrum qilingan. Ularga nisbatan qonuniy ravishda, sud tartibida odil sudlov orqali tegishli qarorlar qabul qilingan. Bu haqda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova maʼlum qildi.

Unga koʻra, talabalarning baʼzilari Oʻzbekistonga qaytib kelmaganligi, oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichlari surunkasiga tushib ketganligi va toʻrt tomonlama shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi ularni stipendiantlik maqomidan mahrum qilishga sabab boʻlgan.

“Bular, albatta, qonuniy ravishda, sud tartibida, odil sudlov orqali amalga oshirildi va tegishli ravishda qarorlar qabul qilindi”, — deydi jamgʻarma ijrochi direktori.

Ismailovaning aytishicha, hozirgi vaqtda birinchi martda stipendiantlar uchun KPI tizimi joriy qilingan.

Mazkur tizim orqali ularning oʻqish davridagi akademik oʻzlashtirishi, birinchi navbatda, har bir semestrda oladigan kreditlari, yaʼni fanlari doirasida nazorat toʻliq yoʻlga qoʻyilgan.

“Bugungi kunda „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi tomonidan oʻqib, qaytib kelgan stipendiantlarimizning soni ikki ming besh yuzdan oshdi va hozirgi kunda ular turli sohalarda, turli davlat organlarida oʻz faoliyatlarini amalga oshirishmoqda”, — deydi Gulnoza Ismailova.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid