platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Zulfiqor Musoqovga Prezident sovgʻasi — Yangi Toshkentdan xonadon berildi

“Abdullajon”, “Osmondagi bolalar”, “Kichkina tabib” kabi mashhur filmlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqovga Yangi Toshkentdan uch xonali uy Prezident tomonidan sovgʻa qilindi.

Zulfiqor Musoqovga Prezident sovgʻasi — Yangi Toshkentdan xonadon berildi

Bugun, 26 oktabr kuni Yangi Toshkentda boʻlib oʻtgan marosimda rejissyorga “Sharq bahori” turar joy majmuasidagi 88 kvadrat metr maydonga ega xonadon kaliti topshirildi. Kalitni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Olim Davlatovich Davlatov taqdim etdi.

Ushbu sovgʻa rejissyorning oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi va koʻp yillik ijodiy mehnatiga bildirilgan eʼtirof boʻldi.

Maʼlumot uchun, Zulfiqor Musoqov 1989 yildan buyon kino sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U rejissyor va ssenariy muallifi sifatida koʻplab filmlar yaratib, milliy kino rivojiga hissa qoʻshgan.

Ijodkorning xizmatlari avval ham davlat tomonidan eʼtirof etilgan. Xususan, u 2006 yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoniga sazovor boʻlgan. Shuningdek, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid