platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda havo sifati yomonlashdi

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish “nosogʻlom” va “juda nosogʻlom” toifalariga mos keldi. Mutaxassislar bu holatni shamolning kuchsizligi, harorat inversiyasi va havo almashinuvining cheklanishi bilan izohlamoqda. 

Toshkentda havo sifati yomonlashdi

Poytaxtda havo sifati yana yomonlashdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 25 oktabrdan 26 oktabrga oʻtar kechasi mayda chang zarrachalari miqdori oshib, xalqaro havo sifati indeksi boʻyicha ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish “nosogʻlom” va “juda nosogʻlom” toifalariga mos keldi. Mutaxassislar bu holatni shamolning kuchsizligi, harorat inversiyasi va havo almashinuvining cheklanishi bilan izohlamoqda.

Kechasi havo haroratining keskin pasayishi, kuchsiz shamol va kuchli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini chekladi. Oqibatda PM2.5 va PM10 mayda chang zarrachalari yer yuzasiga yaqin hududlarda toʻplanib, ifloslanish darajasi tun davomida va ertalab ham yuqori saqlanib qoldi. Bu yerda muhim jihat shundaki, havo ifloslanishi har doim ham koʻzga yaqqol tashlanavermaydi. Ayniqsa, PM2.5 kabi juda mayda zarrachalar nafas orqali organizmga kirishi mumkin. Shu bois havoning tashqi koʻrinishidan koʻra, uning sifati boʻyicha monitoring natijalari muhim ahamiyatga ega.

Meteorologik sunʼiy yoʻldosh tasvirlariga koʻra, 26 oktabr kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha Toshkent shahri va unga tutash hududlarda havoda chang kuzatilgan. Shuningdek, maxsus mobil laboratoriya yordamida tun davomida atmosfera havosining holati instrumental oʻlchandi. Kuzatuv nuqtalarining aksariyatida xalqaro havo sifati indeksi boʻyicha PM2.5 mayda zarrachalari bilan ifloslanish "nosogʻlom" va "juda nosogʻlom" toifalariga mos kelishi qayd etildi. Milliy havo sifati indeksi boʻyicha esa shaharning oʻrtacha koʻrsatkichi PM2.5 boʻyicha “sariq”, PM10 boʻyicha “zargʻaldoq” darajada boʻlgan.

Mutasaddilar prognozida 26 oktabr kuni davomida xalqaro indeks boʻyicha havo sifati “nosogʻlom”, milliy indeks boʻyicha esa “sariq” darajada saqlanishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid