platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Sovuq boshlandi: isitish boʻyicha xavfsizlik qoidalari eʼlon qilindi

Qoʻlbola yoki nostandart isitish qurilmalaridan foydalanish, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga oʻrnatirish kabi holatlar inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf soladi. 

Sovuq boshlandi: isitish boʻyicha xavfsizlik qoidalari eʼlon qilindi

​Havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanmoqda. Biroq ayrim fuqarolar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, qoʻlbola yoki nostandart isitish qurilmalaridan foydalanish, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga oʻrnatirish kabi holatlar inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda.

​Ayniqsa, texnik talablarga javob bermaydigan qozon va boshqa isitish moslamalarini oʻrnatish, dudburonlarning notoʻgʻri ulanishi, shamollatish kanallarining talab darajasida ishlamasligi hamda qurilmalardagi himoya tizimlarining nosozligi is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab boʻlishi mumkin.

Is gazining rangsiz va hidsiz ekanligi esa uni oʻz vaqtida sezishni qiyinlashtiradi.

Energetika vazirligi gaz isteʼmolchilari uchun qator maslahat va tavsiyalar eʼlon qildi.

​Buning uchun:

​Faqat xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qoʻlbola, nostandart va nosoz qurilmalarni ishlatmang.

​Gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga oʻrnatiring va tekshirtiring. Ularning texnik holati, himoya tizimlari va xavfsiz ishlashini mavsum boshlanishidan oldin tekshirtiring.

​Dudburon va moʻrkonlarning sozligini taʼminlang. Ularning toʻgʻri ulanganini tekshiring, qurum va boshqa toʻsiqlardan muntazam tozalab turing.

​Shamollatish tizimlariga eʼtiborli boʻling. Havo almashinuvi uchun moʻljallangan kanallarni berkitmang va ularning sozligini nazorat qiling.

​Gaz plitasi orqali xonalarni isitmang. Gaz uskunalaridan faqat belgilangan maqsadda va foydalanish qoidalariga muvofiq foydalaning.

​Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Qurilmalarning ishlashida nosozlik yoki gaz hidi sezilsa, xavfsizlik choralarini koʻring va tegishli xizmatlarga murojaat qiling.

​Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi va holsizlik boʻlishi mumkin. Bunday alomatlar kuzatilganda, darhol toza havoga chiqing, boshqalarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordamga murojaat qiling.

​Unutmang, is gazi bilan bogʻliq xavfni oʻz vaqtida sezish har doim ham mumkin emas. Shu bois xavfsizlik choralarini oldindan koʻrish, gaz uskunalari va isitish tizimlarini soz holatda saqlash hayotiy ahamiyatga ega.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid