platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi

“Husayn” filmini yaratish Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050 yilligiga tayyorgarlik koʻrish ham nazarda tutilgan. 

Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi.

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film uchun “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida alloma yashagan davr muhitini aks ettiruvchi dekoratsiyalar barpo etilgan. Davlatimiz rahbari tarixiy shahar devorlari, koʻcha va bozor manzaralari, davr liboslari hamda suratga olishda foydalaniladigan buyumlarni koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi

Kinoijodkorlar bilan muloqotda Prezidentimiz davlat milliy ruhdagi, buyuk ajdodlarimiz hayotiga bagʻishlangan filmlar yaratilishiga eʼtiborni yanada kuchaytirishini taʼkidladi. Bu yerda barpo etilgan dekoratsiyalarni yuqori baholab, ular tarixiy muhitni ekranda ishonarli gavdalantirishga intilishdan dalolat ekanini qayd etdi. Boy tariximiz va allomalarimiz merosini kino tili orqali yosh avlodga yetkazish, ularda oʻz oʻtmishiga qiziqish va iftixor tuygʻusini uygʻotish muhimligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev “Husayn” tarixiy filmining suratga olish maydoni bilan tanishdi

Filmda yosh Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi tasvirlanadi. Asar orqali bolalarga allomaning ilmga intilishi va shaxsiy fazilatlarini yaqindan tanitish koʻzda tutilgan.

“Husayn” filmini yaratish Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050 yilligiga tayyorgarlik koʻrish ham nazarda tutilgan.

Prezidentimiz film ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid