Rossiyaga ishlash uchun eng koʻp oʻzbekistonliklar borayotgani maʼlum boʻldi
1 mln 178 ming 609 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga kirishda tashrif maqsadi sifatida ishlashni koʻrsatgan holda mamlakat ichiga kirgan.

6 oy ichida 1 milliondan oshiq oʻzbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga borgan.
1 mln 178 ming 609 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga kirishda tashrif maqsadi sifatida ishlashni koʻrsatgan holda mamlakat ichiga kirgan. TASS axborot agentligiga koʻra, federatsiyaga tashrif buyurish boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolari boshqa mamlakatlar fuqarolari orasida birinchi oʻrinni egallagan.
Reytingda keyingi oʻrinlarni Tojikiston fuqarolari — 494 518 kishi, Qirgʻiziston fuqarolari — 289 061 kishi, Qozogʻiston fuqarolari — 122 654 kishi va Xitoy fuqarolari — 89 656 kishi egallagan.
Shuningdek, Rossiyada ishlash istagida boʻlganlar orasida kuchli oʻntalikka Armaniston fuqarolari — 88 629 kishi, Ozarbayjon fuqarolari — 62 440 kishi, Hindiston fuqarolari — 27 419 kishi, Turkmaniston fuqarolari — 13 428 kishi va Turkiya fuqarolari — 8 360 kishi kirgan.





