platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Prezident: milliy filmlar tomoshabin talabiga javob bermayapti

"Tomoshabin kinodan, kinoteatrlarga borishdan voz kechgani yoʻq, faqat uning didi va talabi oʻzgardi. Milliy filmlarimiz ana shu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yoʻq!" – dedi davlat rahbari. Filmlarni ishlab chiqarishdan uni tomoshabinga yetkazishgacha boʻlgan yaxlit zanjir – distributsiya shakllanmagani qayd etildi. 

Prezident: milliy filmlar tomoshabin talabiga javob bermayapti

Prezidentimiz ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uchun odamlar kinoteatrga bormay qoʻygani haqidagi fikrlarga toʻxtaldi. Odamlar xorijiy filmlarni kinozallarni toʻldirib tomosha qilayotganini qayd etdi.

– Demak, tomoshabin kinodan, kinoteatrlarga borishdan voz kechgani yoʻq, faqat uning didi va talabi oʻzgardi. Milliy filmlarimiz ana shu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yoʻq!– dedi davlatimiz rahbari.

Sababi filmlarni ishlab chiqarishdan uni tomoshabinga yetkazishgacha boʻlgan yaxlit zanjir – distributsiya shakllanmagan.

Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qoʻllab-quvvatlash tizimiga oʻtilishini maʼlum qildi.

– Boʻndan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori boʻladi,– dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Film ishlab chiqarishda texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi. Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qoʻyildi.

Kelgusi yildan boshlab har yili «Oʻzbekfilm» milliy kinokompaniyasi soʻroviga koʻra byudjetdan tegishli mablagʻ ajratib boriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid