Poytaxt hokimligi issiqlik taʼminoti yoqilishiga izoh berdi
Belgilangan tartibga koʻra, mavsum boshlanishi uchun harorat mezoni — oʻrtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida +8 °C dan past boʻlishi kerak.

Toshkent shahar hokimligi aholining issiqlik taʼminotini yoqish muddatlari boʻyicha savollariga javob berildi.
Belgilangan tartibga koʻra, mavsum boshlanishi uchun harorat mezoni — oʻrtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida +8 °C dan past boʻlishi kerak.
"Shu bilan birga, avvalgi yillardagi kabi haqiqiy ob-havo sharoitini hisobga olamiz va havo keskin sovib ketsa, qaror qabul qilishni kechiktirmaymiz.Toshkent shahar hokimligi vaziyatni nazoratda ushlab turibdi. Issiqlik uzatishning boshlanish muddatlari haqida qoʻshimcha ravishda xabar beramiz", deyiladi Toshkent hokimligi xabarida.
Hozirda shahar xizmatlari va Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bilan birgalikda tizimlarni isitish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.





