platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Namanganda 5,6 mlrd soʻmlik dorilar saqlanayotgan yashirin ombor aniqlandi

Ushbu omborni farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi xususiy korxona rahbari hamda ishchisi boʻlgan aka-ukalar tashkil qilgan. 

Namanganda 5,6 mlrd soʻmlik dorilar saqlanayotgan yashirin ombor aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Uychi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi xususiy korxona rahbari hamda ishchisi boʻlgan 1983 va 1986 yillarda tugʻilgan aka-uka tomonidan noturar bino yertoʻlasida tashkil etilgan yashirin ombor fosh etildi.

Omborni koʻzdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd soʻmni tashkil etuvchi 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid