Maxsus komissiya reydlarni davom ettirmoqda
Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbirlari tashkil etildi. Reyd davomida Toshkent tumani hududida joylashgan issiqxonalardan biri hech qanday ekologik talablarga rioya qilmagan holda koʻmir yoqib, atmosferani ifloslantirayotganligi aniqlandi.

Ayni damda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va hududiy bosh boshqarmalar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbirlari tashkil etildi. Reyd davomida Toshkent tumani hududida joylashgan issiqxonalardan biri hech qanday ekologik talablarga rioya qilmagan holda koʻmir yoqib, atmosferani ifloslantirayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan qonunda koʻrsatilgan tartibda chora koʻrildi hamda bartaraf etildi.
Maʼlumot uchun, 23–24 oktabr kunlari Toshkent viloyatidagi 46 ta va Toshkent shahridagi 16 ta issiqxona oʻrganildi. Oʻrganish davomida "Hasanboy" mahallasidagi issiqxonalardan birida chang-gaz tozalash uskunalarisiz koʻmir yoqish holati aniqlanib, huquqbuzarga jarima qoʻllanildi va issiqxona faoliyati toʻxtatildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.





