platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Markaziy bank ilk bor islomiy bank uchun litsenziya berdi

“Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-I-sonli litsenziya berildi. 

Markaziy bank ilk bor islomiy bank uchun litsenziya berdi

Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 23 oktabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq, “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-I-sonli litsenziya berildi. Bu haqda regulyator xabar qildi.

Mazkur litsenziya “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.

Markaziy bank fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanishdan avval uning tegishli litsenziyaga ega ekanini regulyatorning rasmiy sayti orqali tekshirishni tavsiya qildi.

2026 yil 27 martda Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun imzolangandi. Hujjat bilan islomiy bank faoliyati uchun alohida litsenziya joriy etilib, islomiy moliya operatsiyalari, investitsiyaviy omonatlar va ularni soliqqa tortishning huquqiy asoslari belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid