platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Jizzaxda toʻylarni ixcham oʻtkazish masalasi muhokama etildi

Ortiqcha hashamatga intilish, oʻzgalardan qolishmaslik kayfiyati va ijtimoiy bosim esa ayrim oilalarni moliyaviy qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin.

Jizzaxda toʻylarni ixcham oʻtkazish masalasi muhokama etildi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Matbuot xizmati hamda "Mahalla media" MChJ hamkorligida Jizzax shahrida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani va media-tur tashkil etildi.

Tadbirda toʻy-marosimlarni ixcham va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz oʻtkazish, isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlik kabi zararli illatlardan asrash hamda mahallalarda sogʻlom va xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Matbuot anjumanida toʻy va oilaviy marosimlarni milliy qadriyatlarimizga mos, ixcham va mazmunli tashkil etish, oilalarni ortiqcha xarajatlar va qarzdorlikdan asrash zarurligi taʼkidlandi.

Jizzaxda toʻylarni ixcham oʻtkazish masalasi muhokama etildi

Qayd etilganidek, toʻyning qadri uning dabdabasi yoki sarflangan mablagʻ bilan emas, balki ezgu niyat, samimiyat va yaqinlar hamjihatligi bilan belgilanadi. Ortiqcha hashamatga intilish, oʻzgalardan qolishmaslik kayfiyati va ijtimoiy bosim esa ayrim oilalarni moliyaviy qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin.

Bu borada "mahalla yettiligi", nuroniylar va jamoatchilik vakillarining aholi bilan manzilli ishlashi, oilalar oʻrtasida tejamkorlik madaniyatini keng targʻib qilishi muhim ahamiyatga ega.

Jizzaxda toʻylarni ixcham oʻtkazish masalasi muhokama etildi

Matbuot anjumanidan soʻng jurnalistlar Jizzax shahridagi "Jizzaxlik" va "Madaniyat" mahallalarida boʻlib, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarning oldini olish hamda xavfsiz muhitni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Xususan, "Jizzaxlik" mahallasida aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalarga koʻmaklashish yoʻnalishidagi ishlarga eʼtibor qaratildi.

"Madaniyat" mahallasida esa giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan profilaktik ishlar bilan tanishildi.

Mutaxassislar giyohvandlikka qarshi kurashishda faqat uning oqibatlarini bartaraf etish emas, balki kelib chiqish sabablarining oldini olish ham muhimligini taʼkidladilar. Buning uchun yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, taʼlim va kasb-hunarga jalb qilish, oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish hamda ota-onalar masʼuliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.

Jizzax viloyatida profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borilgan.

Tadbir yakunida toʻy-marosimlarda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlashda davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda ota-onalarning oʻzaro hamkorligi muhim ekani taʼkidlandi.

Zero, toʻylardagi meʼyor va tejamkorlik oilalarni ortiqcha xarajatlardan asrasa, yoshlarga eʼtibor va ularning bandligini taʼminlash turli salbiy illatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid