platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Fargʻonadagi bogʻchalarda bolalar ommaviy kasallangani oʻrganilmoqda

Bemorlar qorin sohasida ogʻriq, holsizlik, koʻngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. 

Fargʻonadagi bogʻchalarda bolalar ommaviy kasallangani oʻrganilmoqda

​Fargʻona shahridagi 2-sonli, 7-sonli va 47-sonli MTT tarbiyalanuvchilari tana haroratining koʻtarilishi, qorin sohasida ogʻriq, holsizlik, koʻngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari qoʻmitasi xabar berdi.

​Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar uchun MTTlarda bolalar isteʼmol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar oʻrganildi.

Jumladan, nonushta, tushlik, kechki tamaddida isteʼmol qilgan mahsulotlari, ushbu mahsulotlarni yetkazib beruvchilar aniqlangan.

​ Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olingan.

​Ayni vaqtda epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

​2026 yil 26 oktabr soat 11:00 holatiga 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli barqaror, ogʻir ahvoldagi bemorlar mavjud emas.

​Murojaat qilgan 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berilib, uy sharoitida davolanish uchun ruxsat etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid