platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Eron elchixonalarining Samarqand boʻyicha siyosiy postlari tarmoqlardan oʻchirildi

Ushbu postlar sabab joriy yilning 23 oktabr kuni Eronning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi. 

Eron elchixonalarining Samarqand boʻyicha siyosiy postlari tarmoqlardan oʻchirildi

Eron elchixonalarining Samarqand boʻyicha siyosiy postlari tarmoqlardan oʻchirilgani maʼlum qilindi.

26 oktabr Eron Islom Respublikasining Armaniston, Bolgariya, Zimbabve, Finlyandiya va Xitoydagi elchixonalari tomonidan Oʻzbekistonning tarixiy-madaniy merosi bilan bogʻliq, siyosiy mazmundagi bayonotlar vakolatxonalarning X tarmogʻidagi sahifalaridan olib tashlandi. Bu haqda Oʻzbeksiton Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

Joriy yilning 19 oktabr kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelgan edi va u Registon maydonidan turib murojaat yoʻllagandi. U oʻz murojaatida Samarqand shahrini dunyoda muhim ahamiyatga ega kam sonli shaharlardan biri ekanini aytgandi.

Eron elchixonalarining Samarqand boʻyicha siyosiy postlari tarmoqlardan oʻchirildi

Eron elchixonalari xabarlarida esa Samarqanda fors madaniyatining bir qismi sifatida talqin etilgan.

Ushbu postlar sabab joriy yilning 23 oktabr kuni Eronning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi. Muloqot davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlari merosi koʻp asrlik tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlangan.

Eron tomonidan bahsli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib tashlash hamda kelgusida bunday holatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik talab qilingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid