platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

“Dok-1 Maks" jabrlanuvchilariga kompensatsiya pullari toʻliq toʻlab berildi

Avvalroq sudlanganlardan belgilangan tovon pulining atigi 20 foizi undirilgani aytilgandi. Kompensatsiyaning qolgan qismi 2026 yil 20–24 oktabr kunlari davlat hisobidan toʻlangan. 

“Dok-1 Maks" jabrlanuvchilariga kompensatsiya pullari toʻliq toʻlab berildi

Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya toʻliq toʻlab berildi. Bu haqda farzandi vafot etgan hamda nogironlik orttirgan bolalarning ota-onalari maʼlum qilgan.

Kompensatsiyaning qolgan qismi 2026 yil 20–24 oktabr kunlari davlat hisobidan toʻlangan. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov ham ushbu maʼlumotni tasdiqladi.

Sud hukmlariga koʻra, jabrlanuvchilarga toʻlanishi belgilangan kompensatsiya Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, dori ishlab chiqaruvchining Oʻzbekistondagi rasmiy dileri — Quramax MChJ vakillaridan undirilishi kerak edi.

Biroq OAV ota-onalar taqdim etgan bank hujjatlarini oʻrganib, uch yil davomida sudlanganlardan belgilangan tovon pulining atigi 20 foizi undirilganini aniqlagan. Oxirgi undiruv 2026 yil avgust oyida amalga oshirilgan.

Oktabr oyida esa kompensatsiyaning qolgan 80 foizi davlat hisobidan toʻliq qoplab berilgan. Ota-onalarning bildirishicha, masʼullar nogironlik orttirgan bolalarning holidan ham xabar olmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid