platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Yevropa tartibsizliklar girdobida: Italiya va Ispaniyada yirik namoyishlar yuz berdi

​Italiyadagi eng yirik namoyishlar Milan, Rim va Turin shaharlarida boʻlib oʻtdi. Rimda bir guruh namoyishchilar Kolizeyga bostirib kirishga urinishdi, ammo huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ularni toʻxtata oldilar. 

Yevropa tartibsizliklar girdobida: Italiya va Ispaniyada yirik namoyishlar yuz berdi

Yevropa ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, shanba kuni Italiya va Ispaniyaning bir nechta shaharlarida minglab kishilar ishtirokida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.

​Italiyadagi eng yirik namoyishlar Milan, Rim va Turin shaharlarida boʻlib oʻtdi.

​Italiya poytaxtidagi bir guruh namoyishchilar Kolizeyga bostirib kirishga urinishdi, ammo huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ularni toʻxtata oldilar.

Namoyishchilar taʼlim tizimi, korrupsiya va pensiyalar kabi bir qator masalalardan norozilik bildirishdi.

​Ispaniya rasmiylari esa, mamlakat pensiya tizimiga qarshi norozilik bildirish uchun Madridda boʻlib oʻtgan namoyishlarda taxminan 25 000 kishi ishtirok etganini xabar qilishdi. Barcha norozilik namoyishlari tinch, toʻqnashuvlarsiz va tartibsizliklarsiz oʻtgani haqida xabar berilgan.

​Avvalroq, shanba kuni Fransiya va Belgiyada ham norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgani haqida xabar berilgan edi. Le Figaro gazetasining xabar berishicha, Parijdagi namoyish oxirida toʻqnashuvlar boshlangan. Fransiya Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shanba kuni taxminan 1000 kishini hibsga olgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid