platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik shaxs Koreyada taksi haydovchisini kaltaklashda gumonlanmoqda

Gumonlanuvchi oʻz avtomobilida noqonuniy ravishda yoʻlovchi tashimoqchi boʻlgan, mahalliy taksi haydovchisi esa bunga toʻsqinlik qilib, holatni va qoidabuzarlikni suratga olmoqchi boʻlgan. 

Oʻzbekistonlik shaxs Koreyada taksi haydovchisini kaltaklashda gumonlanmoqda

Janubiy Koreyaning Hvason shahrida 30 yoshlar atrofidagi Oʻzbekiston fuqarosi 50 yoshli taksi haydovchisini kaltaklashda gumon qilinmoqda. Bu haqda qator mmahalliy OAVlar xabar berdi.

Hodisa 18 oktabr kuni Xyangnam hududida sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi oʻz avtomobilida noqonuniy ravishda yoʻlovchi tashimoqchi boʻlgan, mahalliy taksi haydovchisi esa bunga toʻsqinlik qilib, holatni va qoidabuzarlikni suratga olmoqchi boʻlganida jagʻ qismiga zarba berilgan. Oqibatda taksi haydovchisi voqea joyida hushini yoʻqotib, yerga yiqilgan.

Avtomobil kuzatuv kamerasiga muhrlangan tasvirlarda tajovuzkor hushsiz yotgan fuqaroni oyoqlari va mushtlari bilan kaltaklashda davom etgani hamda unga birinchi yordam koʻrsatmasdan voqea joyidan gʻoyib boʻlgani aks etgan.

​Koreya politsiyasi gumondorni 22 oktabr kuni video tahlil orqali aniqladi. U tez orada rasmiy soʻroqqa chaqiriladi va jabrlanuvchining tibbiy xulosasiga asoslanib, ayblovlar oshirilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid