Namanganda navbatdagi bosqich: turkiyalik shifokorlar murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazadi
26–31 oktabr kunlari Namangan viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyadan tashrif buyuradigan malakali plastik xirurg va umumiy xirurglar tomonidan zarur operatsiyalar amalga oshiriladi.

Avvalgi tibbiy koʻriklar davomida jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji aniqlangan bolalar uchun navbatdagi bosqich boshlanadi.
26–31 oktabr kunlari Namangan viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyadan tashrif buyuradigan malakali plastik xirurg va umumiy xirurglar tomonidan zarur operatsiyalar amalga oshiriladi.
Jarrohlik amaliyotlari avvalgi koʻriklarda saralab olingan, murakkab davolashga muhtoj bolalar uchun tashkil etiladi.
Turkiyalik mutaxassislar mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda ishlaydi, murakkab klinik holatlarni birgalikda koʻrib chiqadi hamda amaliy tajriba almashadi.
Mazkur tibbiy yordam jarayonlari Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi koʻmagida amalga oshiriladi.
Namangan viloyati Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi
26–31 oktabr





