platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

Ozarbayjonning Xonkandi shahrida oʻtkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari «AI4DOST Social Award 2026» mukofotiga sazovor boʻldi: «INSON» markazlari gʻolib deb topildi, yana uchta loyiha finalistlar qatoriga kirdi.

Ozarbayjonning Xonkandi shahrida oʻtkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga chiqdi, 7 tasi gʻolib deb topildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi gʻolibi:

«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalashgan smart tizim». Bugungi kunda «INSON» tizimi Oʻzbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat koʻrsatadi, ularning 80 foizdan ortigʻi raqamlashtirilgan.

Yana uchta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:

«IMKON: Har bir bolaga eshiklarni ochamiz» («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi); «Yordamchi texnologiyalar uchun smart-vaucher ekotizimi» («Ijtimoiy sohada sunʼiy intellektga asoslangan raqamli yechimlar» nominatsiyasi); «Toʻsiqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi).

Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid