AQSh Yaqin Sharq mamlakatlaridan diplomatlarini shoshilinch evakuatsiya qilmoqda
Mintaqada Eronning harbiy ishtiroki sezilarli darajada kuchaygani qayd etilgan.

Qoʻshma Shtatlar mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashishi xavfi tufayli Yaqin Sharq mamlakatlaridan baʼzi diplomatik vakolatxonalari va ularning oilalarini evakuatsiya qilishni shoshilinch ravishda tashkil qilmoqda.
Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor boʻlgan bir nechta manbalarga tayanib xabar berdi.
Kanal AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga yoʻllangan 23 oktabrdagi memorandumda AQSh razvedkasi Eronning harbiy ishtiroki sezilarli darajada kuchayganini hujjatlashtirgani aytilgan.
Memorandumga koʻra, Tehronning taxminiy hujumlariga tayyorgarlik "Yaqin Sharqda ham, boshqa bir qator mamlakatlarda ham ilgʻor bosqichga yetgan".
Shu bilan birga CNN taʼkidlashicha, diplomatik xizmat xodimlari evakuatsiyaning tartibsiz tashkil etilishi va moliyaviy yordamning yetarli emasligidan shikoyat qilmoqdalar.
Ularning koʻpchiligi Eron bilan urush paytida ketishga majbur boʻlgandan keyin yaqinda oʻz lavozimlariga qaytishdi va endi yana farzandlari uchun uy-joy va maktab izlashga majbur boʻlmoqdalar.





