platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yongʻinda bir kishining jasadi topildi

 Uchtepa tumani Yusuf Sakkokiy koʻchasidagi uylarda yongʻin sodir boʻldi. Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yongʻinda bir kishining jasadi topildi

Toshkentdagi xonadonlarning birida tunda sodir boʻlgan yongʻinda bir kishi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Maʼlumotga koʻra, 24 oktabr kuni soat 01:33 da Uchtepa tumani Yusuf Sakkokiy koʻchasida joylashgan turar joy majmuasidagi xonadonlardan birida yongʻin chiqqan.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, olovni soat 01:52 da bartaraf etgan. Hodisa oqibatida xonadondagi uy jihozlari zarar koʻrgan. Yongʻin oʻchirilgandan soʻng voqea joyida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Yongʻin sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash boʻyicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid