platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Sirdaryoda giyohvandlik va toʻy-marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama etildi

Toʻy-marosimlarni ixcham va mazmunli oʻtkazish nafaqat ortiqcha xarajatlarning oldini oladi, balki oilalarni qarzdorlik va moliyaviy qiyinchiliklardan asrashga ham xizmat qiladi. 

Sirdaryoda giyohvandlik va toʻy-marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama etildi

Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Matbuot xizmati hamda «Mahalla media» MChJ hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani va media-tur tashkil etildi.

Tadbirda giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, toʻy-marosimlarni ixcham va ortiqcha sarf-xarajatlarsiz oʻtkazish, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Sirdaryoda giyohvandlik va toʻy-marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama etildi
Sirdaryoda giyohvandlik va toʻy-marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama etildi

Matbuot anjumanida soha mutaxassislari va ekspertlar giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy munosabatlar va jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri xususida fikr yuritdilar. Ayniqsa, yoshlar oʻrtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, giyohvandlikka qarshi kurashishda faqat uning oqibatlarini bartaraf etish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu illatni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun oilalarda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish, ota-onalar masʼuliyatini oshirish, yoshlarning muammo va intilishlariga eʼtibor qaratish, ularni taʼlim, kasb-hunar va foydali mashgʻulotlarga yoʻnaltirish lozimligi bildirildi.

Sirdaryoda giyohvandlik va toʻy-marosimlarni ixchamlashtirish masalasi muhokama etildi

Anjumanda toʻylar, maʼrakalar va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz, milliy qadriyatlarimizga mos ravishda tashkil etish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, toʻy-marosimlarni ixcham va mazmunli oʻtkazish nafaqat ortiqcha xarajatlarning oldini oladi, balki oilalarni qarzdorlik va moliyaviy qiyinchiliklardan asrashga ham xizmat qiladi. Zero, toʻyning qadri uning dabdabasi bilan emas, balki ezgu niyat, samimiyat va ahillik bilan belgilanadi.

Bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar ongida tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, ortiqcha sarf-xarajatlarga undaydigan ijtimoiy bosimni kamaytirish, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilikning targʻibot ishlaridagi ishtirokini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Media-tur: mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishuv

Tadbirning amaliy qismi Guliston tumanidagi «Ishonch» mahallasida davom etdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari hududda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumotlarga koʻra, mahallada 5 351 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1 409 nafarini yoshlar tashkil etadi. Joriy yilda 210 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda 75 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritmoqda.

Aholi daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani taʼkidlandi.

Media-tur davomida jurnalistlar mahalla aholisi, yoshlar va faollar bilan muloqotda boʻldilar. Suhbatlarda giyohvandlikning oldini olish, yoshlar tarbiyasi, sogʻlom turmush tarzi, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, mahallada tashkil etilgan sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari bilan tanishildi. Bunday tashabbuslar aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xavfsiz mahalla – hamjihatlik va masʼuliyat mahsuli

Tadbir yakunida giyohvandlikning oldini olish, toʻy-marosimlarni ixcham oʻtkazish madaniyatini keng targʻib qilish va mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash faqat bir tashkilotning emas, balki butun jamiyatning mushtarak vazifasi ekani alohida taʼkidlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid