platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondagi masjidlarga sirenalar oʻrnatilmoqda. Nega?

Masjidlar orqali ogohlantirish taxminan 6,5 mln nafar aholini, jumladan ayollar, erkaklar, bolalar va aholining zaif qatlamlarini qamrab olish imkonini beradi.

Oʻzbekistondagi masjidlarga sirenalar oʻrnatilmoqda. Nega?

Tarmoqlarda respublikaning turli hududlaridagi masjidlarga sirenalar oʻrnatilib, ular sinovdan oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining OAVga maʼlum qilishicha, bu aholini erta ogohlantirish tizimi qamrovini kengaytirishga qaratilgan yechim hisoblanadi.

FVV masʼuliga koʻra, ushbu tashabbus FVV va BMT Taraqqiyot dasturi Qoʻshma loyihasi asosida amalga oshirilmoqda. Tashabbus doirasida aholi punktlariga yaqin joylashgan masjidlarga maxsus uskunalar oʻrnatilyapti. Bu esa FVVning tezkor xabarlarini masjidlarning tashqi ovoz kuchaytirgichlari orqali uzatish hamda axborotni keng jamoatchilikka tezkor yetkazish imkonini beradi.

Qurilmalar asosan tabiiy xavflar yuqori boʻlgan 7 ta viloyat — Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlaridagi 272 ta masjidda oʻrnatilgan.

Masjidlar orqali ogohlantirish taxminan 6,5 mln nafar aholini, jumladan ayollar, erkaklar, bolalar va aholining zaif qatlamlarini qamrab olish imkonini beradi.

Mazkur ogohlantirish kanalining qoʻshimcha afzalligi shundaki, mobil aloqa va elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda ham tezkor xabarlarni uzatish mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid