Oʻzbekiston Para Osiyo oʻyinlarida ilk bor kuchli uchlikka kirdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi jami 145 ta medalga ega chiqdi. Umumjamoa hisobida Xitoy birinchi, Yaponiya ikkinchi oʻrinni band etdi.

Para Osiyo oʻyinlari yakunlandi. Oʻzbekiston ilk bor kuchli uchlikdan oʻrin oldi.
Yaponiya mezbonligida oʻtgan Para Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi jami 145 ta medalga ega chiqdi. Shundan:
- 45 ta oltin
- 49 ta kumush
- 51 ta bronza
Umumjamoa hisobida Xitoy birinchi, Yaponiya ikkinchi oʻrinni band etdi.

Oʻzbekiston Para Osiyo oʻyinlaridagi medallar soni va sifati boʻyicha rekord qoʻygan holda, eng yaxshi natijasiga erishdi.
Shuningdek, jamoamiz ilk bor kuchli uchlikdan oʻrin oldi. Bunga qadar Oʻzbekistonning eng yaxshi natijasi 2014 yil Janubiy Koreyadagi Para Osiyo oʻyinlarida qayd etilgandi — 5-oʻrin.





