platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Germaniyada Gitlerga tegishli qarorgoh yonib ketdi

​Germaniya politsiyasi binoga qasddan oʻt qoʻyilgan boʻlishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Voqea joyida bir mototsiklchi gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan.

Germaniyada Gitlerga tegishli qarorgoh yonib ketdi

Germaniyada Adolf Gitlerning sobiq qarorgohi boʻlgan Kehlsteinhaus, shuningdek, "Burgut uyasi" nomi bilan ham tanilgan joyda yongʻin sodir boʻldi.

Bild nashri xabar berishicha, natsistlar yetakchisining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan bino butunlay alanga ichida qolgan.

​Germaniya politsiyasi binoga qasddan oʻt qoʻyilgan boʻlishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Voqea joyida politsiya bir mototsiklchini gumonlanuvchi sifatida hibsga olgan.

​Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin paytida binoda hech kim boʻlmagan va hech kim jarohatlanmagan. Yongʻindan chiqqan yorugʻlik bir necha kilometr uzoqlikda koʻrinib turgan.

Politsiya vakili Liza Mayerning taʼkidlashicha, oʻt oʻchiruvchilar 1834 metr balandlikda joylashgan inshootga kirish imkoni yoʻqligi sababli yongʻinni oʻchirishda qiynalmoqda, deb xabar beradi Agence France-Presse.

​Bino 1937-1938 yillarda Gitler uchun qarorgoh sifatida qurilgan, biroq diktatorning oʻzi u yerga juda kamdan-kam tashrif buyurgan. Inshoot Ikkinchi Jahon urushidan deyarli zarar koʻrmagan. Bugungi kunda majmua Bavariya federal shtatiga tegishli va uning hududida tarixiy koʻrgazma joylashgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid