platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Eron elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Eron tomoniga Oʻzbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovchi norozilik notasi topshirilgan. Bunga Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvchi materiallar eʼlon qilingani sabab boʻlgan.

Eron elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Eronning xorijdagi ayrim elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosiga oid siyosiy mazmundagi materiallarni tarqatgani sababli ushbu davlatning Oʻzbekistondagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy axborotiga koʻra, 23 oktabr kuni Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy vazirlikka chaqirtirilgan.

Uchrashuvda Eron tomoniga Oʻzbekistonning qatʼiy eʼtirozini ifodalovchi norozilik notasi topshirilgan.

Bunga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan «X» ijtimoiy tarmogʻida Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvchi materiallar eʼlon qilingani sabab boʻlgan.

Muloqot davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va Oʻzbekistonning boshqa tarixiy shaharlari merosi koʻp asrlik tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlangan.

Eron tomonidan bahsli postlarni diplomatik vakolatxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib tashlash hamda kelgusida bunday holatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik talab qilingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid