platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

​30 oktabr kuni V «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirining final bahslari boʻlib oʻtadi

​Turnirning jami sovrin jamgʻarmasi — 620 million soʻm. Ishtirokchilar reytingiga qarab beshta guruhda bellashadi, har bir guruhda esa gʻoliblik uchun kurashish imkoniyati mavjud.

​30 oktabr kuni V «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirining final bahslari boʻlib oʻtadi

​19-23 oktabr kunlari V «Zakovat-Gambit» turnirining hududiy saralash oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Bu yil musobaqada ishtirok etish uchun 5 831 nafar shaxmatchi roʻyxatdan oʻtdi. Quvonarlisi, ular orasida 633 nafar ayol shaxmatchi bor – bu ham rekord koʻrsatkich.

Hududiy saralashda omad kulib boqmagan yoki unda ishtirok eta olmagan shaxmat ixlosmandlari uchun ham imkoniyat bor: 24 oktabr kuni chess.com platformasida onlayn saralash oʻtkaziladi.

​Saralashdan oʻtgan ishtirokchilar 28 oktabr kuni yarim finalda, eng kuchlilar esa 29–30 oktabr kunlari Toshkentda final bosqichida bellashadi.

​Bu yilgi turnir mehmonlari — dunyoga mashhur grossmeysterlardir. Vengriyalik Peter Leko va Hindistonlik Hampi Koneru tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular shaxmat ishqibozlari uchun maxsus seanslar oʻtkazib, oʻz tajribalari bilan boʻlishadi.

​Turnirning jami sovrin jamgʻarmasi — 620 million soʻm. Ishtirokchilar reytingiga qarab beshta guruhda bellashadi, har bir guruhda esa gʻoliblik uchun kurashish imkoniyati mavjud.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid