platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni oshkor qilindi

Qurilish vaziri Qonunchilik palatasida oʻtgan yigʻilishda umumiy noqonuniy qurilish obʼektlari sonini koʻp qavatli uylar soni sifatida keltirib yuborgan. Vazir ushbu xatolik uchun uzr soʻradi.

Toshkentda noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni oshkor qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkentdagi noqonuniy qurilishlar soniga oid maʼlumotni aniqlashtirdi.

Rasmiy tushuntirishga koʻra, poytaxtda 320 dan ortiq noqonuniy qurilish obʼekti aniqlangan. Bu koʻrsatkichga yakka tartibdagi xonadonlar, doʻkonlar, kiosklar, pavilonlar va boshqa inshootlar ham kiradi.

Noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni esa 61 tani tashkil etadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtgan yigʻilishda avvalgi javobda umumiy qurilish obʼektlari sonini koʻp qavatli uylar soni sifatida keltirib yuborgan. Vazir ushbu xatolik uchun uzr soʻragan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid