platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktori bilan AES qurilishi jarayonini muhokama qildi

Boʻlajak AES yaqinida atomchilar shaharchasini barpo etish borasidagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi. 

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktori bilan AES qurilishi jarayonini muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktabr kuni “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda ilk integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirish hamda ilgʻor texnologiyalar va bilimlar asosida tegishli infratuzilmani rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻldi.

Birinchi reaktor binosi poydevorini qurish hamda atom elektr stansiyasini loyihalashtirish ishlari izchil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sohada malakali kadrlarni tayyorlash, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi obʼektlaridagi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, boʻlajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy taʼlim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uchun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomchilar shaharchasini barpo etish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid