platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Oʻzbekistonlik erkak AQShda 12 mln dollarlik oʻgʻirlikda ayblandi

Oʻgʻirlangan deya koʻrilayotgan yuklar orasida qattiq disklar, stereo-uskunalar, kiyim-kechak, elektronika, kompyuter uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari, nikotin mahsulotlari va boshqa qimmatbaho buyumlar bor. 

Oʻzbekistonlik erkak AQShda 12 mln dollarlik oʻgʻirlikda ayblandi

Oʻzbekistonlik erkak AQShda 12 mln dollarlik yukni oʻgʻirlaganlikda ayblandi.

Mazkur ayblov boʻyicha ish kecha, 21 oktabr kuni AQShning Brijport federal sudida koʻrib chiqildi. Sudda erkak aybiga iqror boʻlmadi. Bu haqda qator xorijiy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 sentabr kuni Nyu-Xeyvendagi federal katta sudyalar hayʼati 33 yoshli Nursulton Haydarovga nisbatan ayblov xulosasini chiqargan. Agar u aybli deb topilsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Konnektikut okrugi boʻyicha AQSh prokurorining hisobotida Haydarov ishtirok etganlikda gumonlanayotgan jinoiy til biriktirish tafsilotlari bayon qilingan.

Sud hujjatlari va bayonotlari Milliy xavfsizlik boʻyicha tezkor guruh Kaliforniya va boshqa shtatlardagi joylardan sodir etilgan bir qator yuk oʻgʻriliklarini surishtirayotganini koʻrsatadi.

Tergovchilarning bildirishicha, 2025 yilning sentabr oyidan beri Haydarov va uning sheriklari bir nechta avtotransport tashuvchi kompaniyalarni sotib olgan yoki boshqacha tarzda nazorat ostiga olgan.

Shundan soʻng, ular ushbu korxonalarning AQSh Transport vazirligi raqamlari (USDOT), avtotransport tashuvchisining identifikatsiya raqamlari (MC), elektron pochta hisoblari va egalarining shaxsiy maʼlumotlarini oʻzlashtirib olgan.

Prokurorlar ushbu shaxslarni avvalgi biznes egalari nomidan ish koʻrganlikda va shtatlararo yuk tashish boʻyicha shartnomalarni qoʻlga kiritish uchun mavjud korxonalarning obroʻsi hamda ishonchidan foydalanganlikda ayblamoqda. Shtatlararo yuk tashish boʻyicha yuk brokeri bilan shartnoma tuzilgandan soʻng, haydovchi yukni tarqatish markazidan olib ketgan.

Shunga qaramay, hisobotda qayd etilishicha, koʻplab yuklar hech qachon manzilga yetkazilmagan va oʻgʻirlangan deb xabar qilingan. Baʼzi hollarda jinoyatchilikda gumonlanayotgan shaxslar oʻgʻirlangan tovarlarni qaytarish evaziga hatto tovon puli ham talab qilgan.

Ayblov xulosasiga koʻra, Haydarov AQShda qonuniy doimiy yashovchi (Green Card egasi) maqomiga hamda Nyu-Jersi shtatining haqiqiy tijorat haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan.

Ushbu yuklar orasida qattiq disklar (hard drive), stereo-uskunalar, kiyim-kechak, elektronika, kompyuter uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari, nikotin mahsulotlari va boshqa qimmatbaho buyumlar boʻlgan. Yuqorida taʼkidlanganidek, hisobotda aynan Haydarov ishtirok etgani aytilgan oʻgʻriliklardan yetkazilgan zararning taxminiy qiymati 12 million dollardan ortiqni tashkil etadi.

Haydarov 1 iyun kuni Ontarioda (Kaliforniya shtati) federal jinoiy shikoyat asosida hibsga olingan. U hibsga olinganidan beri ushlab turilgan va kecha, 21 oktabr kuni sudda hozir boʻlish uchun Brijportga olib borilgan.

Prokurorlar Haydarovning aybi sudda toʻliq isbotlanmaguncha u aybsiz deb hisoblanishini bildirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid