platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ansabxon Zokirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi

U avval agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari edi. 

Ansabxon Zokirov Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Ansabxon Akaidinovich Zokirov Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.

Ansabxon Zakirov 2025 yil may oyida agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi. Undan avval "Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" davlat muassasasiga rahbarlik qilgan.

Agentlikning avvalgi rahbari Akmal Jumanazarov 2024 yil fevraldan 2026 yil sentabrgacha ishlagan. U joriy yil 22 sentabrda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qoʻmitasi raisi etib tayinlanishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid