platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

1 million soʻmlik banknota muomalaga chiqarilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 million soʻmlik yangi banknota chiqarilgani haqida maʼlumotlar va uning surati tarqalgan. 

1 million soʻmlik banknota muomalaga chiqarilgani rad etildi

Markaziy bank mamlakatda 1 million soʻmlik banknota muomalaga chiqarilgani haqidagi xabarlar yolgʻon ekanini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 million soʻmlik yangi banknota chiqarilgani haqida maʼlumotlar va uning surati tarqalgan. Markaziy bank ushbu xabarlarga munosabat bildirib, ularni rad etgan.

"Mazkur maʼlumot asossiz boʻlib, yolgʻon va feyk ekanligini maʼlum qilamiz. U haqiqatga toʻgʻri kelmaydi", deyiladi MB bayonotida.

Markaziy bank fuqarolarga pul muomalasi bilan bogʻliq yangiliklar va boshqa rasmiy maʼlumotlarni oʻzining rasmiy axborot sahifalaridan olishni tavsiya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekistonda eng yirik banknot 200 ming soʻmlik pullardir.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid