platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva global sogʻliqni saqlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor boʻldi

​Avvalgi yillarda ushbu mukofotga davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor boʻlgan.

Ziroat Mirziyoyeva global sogʻliqni saqlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor boʻldi

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva global sogʻliqni saqlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor boʻldi.

​“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yoʻlida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi boʻyicha II xalqaro kongress doirasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sogʻlom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun nufuzli xalqaro mukofotni topshirdi.

​“Muhtaram Birinchi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yoʻlida chinakam kurashchi, har bir bolaning taʼlim olish va sogʻlom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.

Ziroat Mirziyoyeva global sogʻliqni saqlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor boʻldi

​Mukofot 2019 yilda taʼsis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik va yuksak yutuqlar uchun beriladi.

​Avvalgi yillarda ushbu mukofotga davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor boʻlgan. Ular global emlashni rivojlantirish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid