platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yarim million aholiga moʻljallangan Yangi Qarshi shahri barpo etiladi

Mazkur majmua  5 ming gektar maydonda quriladi, Qarshi tumanidagi kanal boʻyida esa 235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining qurilishi boshlanadi.

Yarim million aholiga moʻljallangan Yangi Qarshi shahri barpo etiladi

Qashqadaryo aholisi koʻpaygani sari zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.

Shu bois, Qarshi shahri, Koʻkdala va Qarshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga moʻljallangan Yangi Qarshi shahri barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal boʻyida esa 235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining qurilishi boshlanadi.

​Nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etilib, ikki oyda ilgʻor shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab 20 milliard soʻm ajratiladi. Yangi hududlarda koʻp qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.

​Viloyatda koʻchat ekish va yashil hududlarni koʻpaytirish boʻyicha ham “Qashqadaryo tajribasi” yaratiladi. Har yili Navroʻz arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid