platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida profilaktika inspektori voyaga yetmagan qizni zoʻrlagani maʼlum qilindi

Inspektorning ayoli tasodifan ularning uchrashuviga guvoh boʻlgan va qizni kaltaklagan. Jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) boʻyicha aybli deb topdi.

Toshkent viloyatida profilaktika inspektori voyaga yetmagan qizni zoʻrlagani maʼlum qilindi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida profilaktika inspektorining xizmat uyida voyaga yetmagan qizni kaltaklagan ayolga sud hukmi oʻqildi. Jabrlanuvchi sudda inspektor uni qoʻrqitib, bir necha bor jinsiy aloqada boʻlganini bildirgani aytilgan.

Voqea 2026 yil 10 may kuni inspektorning Paxtazor mahallasidagi xizmat uyida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni soat 15:00 lar atrofida inspektorning ayoli farzandlari bilan xonadonga kelgan va erini qiz bilan koʻrgan.

Shundan soʻng ayol qizni bir necha marta urib, unga tan jarohati yetkazgan. Eri ularni ajratgach, qiz koʻchaga qochib chiqqan. Biroq ayol uning ortidan borib, yana urgan va tepgan. Shuningdek, qizning telefonini olib, yerga urib sindirgan. Atrofdagilar va eri ularni ajratgan.

Ayol sudda aybiga toʻliq iqror boʻlib, jabrlanuvchining voyaga yetmaganini bilmaganini aytgan.

Jabrlanuvchi esa sudda onasi ishtirokida soʻroq qilingan. Uning aytishicha, profilaktika inspektori bilan 2025 yil mart oyida tanishgan. Oʻshanda maktabdagi dugonasi boshqa qizlar bilan janjallashib qolgan va u dugonasiga hamroh boʻlib, inspektor huzuriga borgan. Qiz shu tanishuvdan keyin inspektor uni qoʻrqitib, bir necha bor jinsiy aloqada boʻlganini bildirgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) boʻyicha aybli deb topgan. Unga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari hamda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan, deyiladi sud hukmida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid