platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Tabiiy holat" — metrodagi "probka"ga izoh berildi

“Paxtakor” metro bekatida yoʻlovchilar tirbandligi yuzaga keldi. Bekatga ikki poyezdning bir vaqtning oʻzida kelishi natijasida yoʻlovchilar oqimining vaqtincha ortishi kuzatilgan.

"Tabiiy holat" — metrodagi "probka"ga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” metro bekatida yoʻlovchilar tirbandligi yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda. “Toshkent metropoliteni” AJ holat yuzasidan izoh berdi.

Holat joriy yilning 20 oktabr kuni taxminan soat 17:43 da kuzatilgan. Bekatga ikki poyezdning bir vaqtning oʻzida kelishi natijasida yoʻlovchilar oqimining vaqtincha ortishi kuzatilgan. Bunday holat yoʻlovchilar oqimi yuqori boʻlgan tigʻiz vaqtlarda kuzatiladigan, qisqa muddat davom etadigan tabiiy jarayonlardan biri boʻlib, bir necha daqiqa ichida yoʻlovchilar oqimi meʼyorlashadi.

Shu bilan birga, Toshkent metropolitenida kunlik yoʻlovchilar oqimi 1,2 million nafardan ortib borayotganini inobatga olgan holda, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va bekatlarda yoʻlovchilar toʻplanishini kamaytirish maqsadida poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari koʻrilmoqda.

Xususan, poyezdlar harakati intervallari quyidagi koʻrsatkichlarga yetkazilmoqda:

— Chilonzor yoʻnalishida — 1,5–2 daqiqagacha;

— Oʻzbekiston yoʻnalishida — 3 daqiqagacha;

— Yunusobod yoʻnalishida — 4 daqiqagacha;

— Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishida — 7–8 daqiqagacha.

“Toshkent metropoliteni” AJ yoʻlovchilar oqimini samarali boshqarish, poyezdlar harakatining barqarorligini taʼminlash hamda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz transport xizmatini koʻrsatish boʻyicha tegishli ishlarni izchil amalga oshirmoqda, deya taʼkidlanadi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid