platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Prezident universitetning talabalarga xizmat koʻrsatish markazida boʻldi. Shuning bilan davlat rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. 

Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Universitetda 14 mingdan ortiq talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida, kunduzgi, sirtqi va masofaviy shakllarda tahsil olmoqda. Bu yerda 579 nafar professor-oʻqituvchi mehnat qiladi.

Taʼlim dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika yoʻnalishlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Rossiya va Belarus oliygohlari bilan 14 ta qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Tillar fakultetida ming oʻrinli zamonaviy media studiya, shuningdek, xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillari markazlari tashkil etilgan. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar tayyorlanmoqda. Yettita laboratoriyani birlashtirgan Xalqaro laboratoriyalar markazida sunʼiy intellekt, mashinali oʻqitish va robototexnika yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.

Oʻtgan yili muassasada keng koʻlamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Talabalarning yashash sharoitlari yaxshilandi. Uchta yangi yotoqxona qurilishi natijasida 1 ming 300 dan ortiq qoʻshimcha oʻrin yaratilib, talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplangan. Universitet hududida 240 oʻrinli bolalar bogʻchasi, kutubxona, oshxonalar, yoshlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Oliygoh qoshida “Lochin” futbol jamoasi tashkil etilib, uning mashgʻulotlari uchun zamonaviy maydon qurilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

Prezidentimiz universitetning talabalarga xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shuning bilan davlatimiz rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid