platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Samarqanddagi sammit doirasida "IMKON" markazining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, shuningdek, sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.

Samarqanddagi sammit doirasida "IMKON" markazining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi

"Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot yoʻlida" xalqaro sammiti doirasida Samarqandda "IMKON" markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, shuningdek, sammitda ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi ushbu markazda maktabgacha taʼlim, korreksion-pedagogik yordam va kompleks reabilitatsiya uygʻunlashtiriladi. Har bir bola uchun dastur uning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuziladi. Ota-onalar bolasi egallagan koʻnikmalarni uyda mustahkamlash uchun mutaxassislardan tavsiyalar olishi mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida "IMKON" markazining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi

Maktabgacha taʼlim boʻlimi 150 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 ta ixtisoslashtirilgan guruhni oʻz ichiga oladi. Ambulator boʻlimda esa 2 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oyiga 100 nafarga yaqin bola reabilitatsiya kurslaridan oʻtishi mumkin.

Markazda davolovchi jismoniy tarbiya, nutq va mayda motorikani rivojlantirish, sensor integratsiya mashgʻulotlari, fizioterapiya va boshqa muolajalar oʻtkaziladi. Bu yetti yoʻnalishdagi shifokorlar, defektolog pedagoglar, logopedlar, psixologlar, reabilitatsiya mutaxassislari va boshqa xodimlar faoliyat yuritadi.

Samarqanddagi markaz Nukus, Qibray, Qarshi va Zarafshondagi muassasalarni ham oʻz ichiga olgan "IMKON" tarmogʻining yangi boʻgʻiniga aylandi. 2025 yilda tarmoq muassasalarida 546 mingdan ortiq muolaja va mashgʻulot oʻtkazilib, 3 777 nafar bola ambulator reabilitatsiyadan oʻtgan.

Samarqanddagi sammit doirasida "IMKON" markazining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi

Tarmoqni kengaytirish davom etmoqda: Fargʻonada markaz qurilishi boshlangan, Namanganda va Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ham shunday muassasalar barpo etish rejalashtirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid