platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Qashqadaryoda yana 700 ming aholining suv taʼminoti yaxshilanadi

Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi boshlanmoqda. Uning texnik-iqtisodiy asoslarini 1 aprelgacha yakunlash va loyihaga 150 million dollar jalb etish rejalashtirilgan.

Qashqadaryoda yana 700 ming aholining suv taʼminoti yaxshilanadi

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo uchun eng dolzarb masalalardan biri aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash ekanini taʼkidladi.

​Joriy yil ajratilgan 1 trillion soʻm hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi hamda 43 ta inshoot qurilishini ikki oyda yakunlash topshirildi. Natijada 200 ming aholi toza ichimlik suvidan bahramand boʻladi.

​Hisorak suv omboridan Qarshi shahri, Qamashi, Gʻuzor va Qarshi tumaniga tarmoq tortish loyihasini boshlash uchun 100 milliard soʻm ajratildi. Yana 210 million dollar jalb etib, loyihani sifatli amalga oshirish vazifasi qoʻyildi. Bu orqali 350 ming aholi toza suv bilan taʼminlanadi.

​Nishon, Kasbi, Mirishkor, Muborak va Qarshi tumanidagi yana 700 ming aholining suv taʼminotini yaxshilash maqsadida Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi boshlanmoqda. Uning texnik-iqtisodiy asoslarini 1 aprelgacha yakunlash va loyihaga 150 million dollar jalb etish rejalashtirilgan.

​Qashqadaryoda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobili yoʻlining viloyatdan oʻtuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.

​Qarshi shahrining aylanma yoʻli 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.

​“Qarshi – Pomuq” va “Gʻuzor – Beynau” yoʻllaridagi temir yoʻl kesishmalarida poyezd oʻtayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard soʻm boʻlgan ikkita zamonaviy yoʻl oʻtkazgich quriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid